«Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to'g'risida»gi qonun

42-modda. Xabardor qiluvchining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatini (harakatlarini) vakolatli organning tashabbusiga binoan to'xtatib turish tartibi

Vakolatli organ xabardor qilish tartibi to'g'risidagi yagona nizomga ilovalar hisoblanuvchi pasportlarda nazarda tutilgan talablar va shartlar buzilganligi aniqlangan taqdirda, xabardor qiluvchining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatini (harakatlarini) o'n ish kunidan ortiq bo'lmagan muddatga to'xtatib turishi mumkin. Xabardor qiluvchining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatini (harakatlarini) to'xtatib turish uchun asoslar aniqlangan taqdirda, vakolatli organ dalolatnoma tuzadi va xabardor qiluvchini ushbu dalolatnoma bilan tanishtiradi. Dalolatnoma tuzilgan kundan e'tiboran bir ish kuni ichida vakolatli organ xabardor qiluvchining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatini (harakatlarini) o'n ish kunidan ortiq bo'lmagan muddatga to'xtatib turadi va aniqlangan kamchiliklarni xabardor qiluvchining faoliyati (harakatlari) to'xtatib turilgan muddatda bartaraf etish to'g'risidagi ko'rsatmani o'z ichiga olgan qarorni qabul qiladi. Vakolatli organ xabardor qiluvchining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatini (harakatlarini) to'xtatib turish to'g'risidagi qarorni unga maxsus elektron tizim vositasida bir ish kuni ichida yuboradi va shu kunning o'zida xabarnomalar reyestriga xabardor qiluvchining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyati (harakatlari) to'xtatib turilganligi to'g'risidagi axborotni kiritadi.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

Nimani anglatadi Vakolatli organ xabardor qiluvchining faoliyatini vaqtincha to'xtatib qo'yishi mumkin. Buning sababi — xabardor qilish pasportida ko'rsatilgan talablar va shartlar buzilganligi. To'xtatib turish muddati 10 ish kunidan oshmasligi kerak. Kimga tegishli Bu qoida xabardor qilish tartibida faoliyat yuritayotgan jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli. Amalda Masalan, dori sotuvchi xabardor qilish pasportida ko'rsatilgan shart — "dori saqlanish sharoiti 2-25 gradus" — buzilgan bo'lsa, vakolatli organ dalolatnoma tuzadi. Keyin 1 ish kun ichida faoliyatni 10 kuniga to'xtatib qo'yadi va kamchilikni bartaraf etish ko'rsatmasini beradi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.