Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatga (harakatlarga) doir talablar va shartlar xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatning (harakatlarning) har bir turi bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan xabardor qilish tartibi to'g'risidagi yagona nizomda va pasportlarda ko'rsatiladi.
Xabardor qilish tartibi to'g'risidagi yagona nizomda va pasportlarda quyidagi talablar hamda shartlar ko'rsatiladi:
pasportlarda nazarda tutilgan talablar va shartlarga rioya etilishi shartligi hamda ularni bajarish bo'yicha majburiyatni o'z zimmasiga olish;
faoliyatni boshlash haqidagi xabarnomada (bundan buyon matnda xabarnoma deb yuritiladi) ko'rsatilgan axborotning ishonchliligini ta'minlash;
xodimlar bilan yangi mehnat shartnomalari tuzilganligi, shartnomalarga o'zgartishlar kiritilganligi va ular tugatilganligi hollarini, shuningdek amaldagi mehnat shartnomalari to'g'risidagi axborotni «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksida majburiy ro'yxatdan o'tkazish — tegishli faoliyatni (harakatlarni) amalga oshirish uchun xodimlarga nisbatan shunday talab mavjud bo'lgan taqdirda;
xabardor qiluvchining nomi, joylashgan yeri (yashash manzili) o'zgarganligi ro'yxatdan o'tkazilganidan so'ng yoki filial va vakolatxona ochilganidan so'ng vakolatli organni o'n ish kuni ichida xabardor qilish;
xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat (harakatlar) turining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda boshqa talablar va shartlar.
Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatga (harakatlarga) doir talablar va shartlarni muntazam ravishda (bir yil davomida ikki va undan ortiq marotaba) yoki bir marotaba qo'pol buzilishi hollarining ro'yxati pasportlarda belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn«Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to'g'risida»gi qonun
37-modda. Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatga (harakatlarga) doir talablar va shartlar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.