«Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to'g'risida»gi qonun

34-modda. Litsenziyaning va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini tugatish

Litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi: litsenziyalash tartibi yoki ruxsat berish tartib-taomili bekor qilinganda; litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati tugaganda; bajarilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilgan bir martalik harakat bajarilganda; litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatga ega bo'lgan jismoniy shaxs vafot etganda; litsenziat yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxs tomonidan vakolatli organga litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini olti oygacha to'xtatib turish to'g'risida ariza bilan ilgari murojaat etilgan bo'lib, mazkur muddat ichida litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini qayta tiklash to'g'risida vakolatli organga ariza bilan murojaat qilinmagan taqdirda. Litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishi tugatilgan hollarda vakolatli organ tomonidan litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishi tugatilganligi to'g'risida qaror qabul qilish talab etilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.