Yuridik shaxs bo'lgan tadbirkorlik sub'yekti o'zgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan yeri (pochta manzili) faoliyat turlari bo'yicha o'zgargan taqdirda, tadbirkorlik sub'yekti yoxud uning huquqiy vorisi qayta ro'yxatdan o'tganidan keyin besh ish kuni ichida vakolatli organga, ko'rsatib o'tilgan ma'lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda, litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish to'g'risida ariza berishi shart.
Jismoniy shaxs bo'lgan tadbirkorlik sub'yektining unga davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi haqida berilgan guvohnomada ko'rsatilgan familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat ko'rsatadigan joyi o'zgargan taqdirda, tadbirkorlik sub'yekti qayta ro'yxatdan o'tganidan keyin besh ish kuni ichida vakolatli organga litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish to'g'risida, ko'rsatib o'tilgan ma'lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza berishi shart.
Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat ro'yxatidan o'tkazish sanasida ayni bir faoliyatni (harakatlarni) amalga oshirish uchun litsenziyasi yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjati mavjud bo'lgan yuridik shaxslar — tadbirkorlik sub'yektlari qo'shib yuborilgan taqdirda, litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan tartibda qayta rasmiylashtirishga yo'l qo'yiladi.
Litsenziyaning amal qilishi litsenziyalanadigan faoliyat turining kichik turi uchun tugatilganda yoki bir nechta faoliyat turlari birlashtirilgan taqdirda, litsenziya qayta rasmiylashtiriladi.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatda ko'rsatilgan ma'lumotlar ushbu moddaning birinchi — uchinchi qismlarida nazarda tutilmagan hollarda o'zgartirilgan taqdirda, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish tadbirkorlik sub'yektining tegishli hujjatlar ilova qilingan holdagi arizasi bo'yicha amalga oshiriladi.
Litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish uchun zarur bo'lgan hujjatlar talabgor tomonidan ushbu Qonunning 25-moddasida nazarda tutilgan tartibda beriladi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda, litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish uchun ariza talabgorning xohishiga ko'ra, ro'yxatdan o'tkazuvchi organ tomonidan yuborilishi mumkin. Bunda ro'yxatdan o'tkazuvchi organ tadbirkorlik sub'yektining qayta ro'yxatdan o'tkazilishi uchun asos bo'lgan ma'lumotlarni ko'rsatgan holda, maxsus elektron tizim vositasida vakolatli organga xabarnoma yuboradi. Ro'yxatdan o'tkazuvchi organ orqali litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirishda yig'im undirilmaydi.
Litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat qayta rasmiylashtirilguniga qadar, tadbirkorlik sub'yekti yoki uning huquqiy vorisi litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish to'g'risidagi arizasi asosida unda ko'rsatilgan faoliyatni (harakatlarni) amalga oshiradi.
Litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat qayta rasmiylashtirilayotganda vakolatli organ litsenziyalar va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar reyestrlariga tegishli o'zgartishlar kiritadi.
Litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish hamda berish litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish to'g'risidagi ariza tegishli hujjatlar ilova qilingan holda yoki ushbu moddaning yettinchi qismida nazarda tutilgan xabarnoma vakolatli organ tomonidan qabul qilib olingan kundan e'tiboran besh ish kunidan ko'p bo'lmagan muddatda amalga oshiriladi.
Litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat qayta rasmiylashtirilayotganda talabgorning litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish to'g'risidagi arizasini ko'rib chiqqanlik uchun to'lanadigan summaning ellik foizi miqdorida yig'im undiriladi, bundan ushbu moddaning yettinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. Yig'im summasi qonunchilikda belgilangan tartibda taqsimlanadi.
lex.uz’dagi asl matn«Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to'g'risida»gi qonun
30-modda. Litsenziyani va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish
(30-модда Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 7 февралдаги ЎРҚ-905-сонли Қонунига асосан еттинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.02.2024 й., 03/24/905/0106-сон)
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Litsenziya yoki ruxsat hujjati qayta rasmiylashtirish — bu tadbirkorchi o'zgartirilgan ma'lumotlarni (nomi, manzili, faoliyat turi) yangi hujjatga kiritish jarayoni. Yuridik shaxs yoki jismoniy shaxs o'zgargan taqdirda, besh ish kuni ichida vakolatli organga ariza berish kerak. Yangi yuridik shaxs tuzilganda yoki faoliyat turi o'zgargan taqdirda ham qayta rasmiylashtirish zarur.
**Kimga tegishli**
Bu tartib litsenziya yoki ruxsat hujjati bilan faoliyat ko'rsatadigan barcha tadbirkorchilar uchun majburiy.
**Amalda**
Dori sotuvchi do'kon o'zining manzilini o'zgartirganda, vakolatli organga yangi manzilni tasdiqlovchi hujjatlar bilan ariza beradi. Organ besh ish kuni ichida yangi litsenziyani beradi va tadbirkorchi shu vaqtda ham dori sotishni davom ettira oladi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.