Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari maxsus elektron tizim orqali elektron shaklda amalga oshiriladi, bundan davlat sirlarini yoki qonunchilikka muvofiq foydalanilishi cheklangan axborotni o'z ichiga olgan litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari mustasno.
Talabgorning arizasi ushbu Qonunning 25-moddasida nazarda tutilgan tartibda barcha zarur hujjatlar bilan qabul qilib olingan sanadan e'tiboran vakolatli organ tomonidan uni ko'rib chiqish, litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yoxud uni berishni rad etish muddati yigirma ish kunidan oshmasligi kerak. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatning ayrim litsenziyalanadigan turlari va amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish zarur bo'lgan faoliyat (harakatlar) turlari uchun ularning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda talabgorlarning litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish to'g'risidagi arizasini litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ tomonidan ko'rib chiqish, uni berish yoki berishni rad etish muddatlarini yigirma ish kunidan ortiq etib belgilashi mumkin.
Vakolatli organ, zarur bo'lgan taqdirda, o'z mablag'lari hisobidan tegishli xulosalarni tayyorlash uchun ekspertlarni shartnoma asosida jalb etishga haqli.
Vakolatli organ litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yoxud uni berishni rad etish to'g'risidagi qaror qabul qilingan sanadan e'tiboran bir ish kunidan kechiktirmay uni maxsus elektron tizimga joylashtiradi va talabgorni mazkur qaror joylashtirilgan paytdan e'tiboran bir ish soatidan oshmagan muddatda maxsus elektron tizim vositasida elektron shaklda xabardor qiladi.
Agar vakolatli organ talabgorning litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish to'g'risidagi arizasini ko'rib chiqish, uni berish yoki berishni rad etish muddati mobaynida talabgorga litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni bermasa va uni berishni rad etmasa, ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan muddatlar o'tganidan keyin talabgor amalga oshirilishi uchun litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat olish niyatida bo'lgan faoliyatni (harakatni) amalga oshirish huquqiga ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan harakatlarni amalga oshirganidan keyin ega bo'ladi.
Ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan holda talabgor belgilangan davlat bojini yoki yig'imni to'laganidan keyin maxsus elektron tizim vositasida unga litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat beriladi. Bunda talabgor litsenziyasiz va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz faoliyat bilan shug'ullanganlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas hamda vakolatli organlar ehtimol tutilgan barcha oqibatlar uchun javobgar bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn«Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to'g'risida»gi qonun
28-modda. Talabgorlarning litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish to'g'risidagi arizalarini ko'rib chiqish
(28-модданинг бешинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 27 ноябрдаги ЎРҚ-1099-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 28.11.2025 й., 03/25/1099/1104-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 1 март)
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Vakolatli organ talabgorning litsenziya yoki ruxsat hujjati berish to'g'risidagi arizasini 20 ish kun ichida ko'rib chiqishi kerak. Agar muddatda qaror qabul qilmasa, talabgor o'z faoliyatini boshlash huquqiga ega bo'ladi. Qaror qabul qilingandan keyin bir ish kun ichida elektron tizimga joylantiriladi va talabgor xabardor qilinadi.
**Kimga tegishli**
Bu tartib litsenziya yoki ruxsat hujjati olmoqchi bo'lgan barcha talabgorlarga tegishli.
**Amalda**
Savdo do'koni ochmoqchi bo'lgan shaxs ariza topshiradi. Vakolatli organ 20 ish kun ichida ariza ko'rib chiqib, ruxsat berish hujjatini beradi yoki rad etadi. Agar muddatda javob bermasa, talabgor do'konni ochish huquqiga ega bo'ladi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.