Litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish to'g'risidagi ariza bilan ushbu Qonunning 25-moddasida nazarda tutilgan tartibda murojaat qilgan taqdirda, talabgor tomonidan quyidagi ma'lumotlar ko'rsatiladi:
yuridik shaxs uchun — soliq to'lovchining identifikatsiya raqami (STIR);
jismoniy shaxs uchun — familiyasi, ismi va otasining ismi, jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat ma'lumotlari yoki jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR);
talabgor amalga oshirish niyatida bo'lgan faoliyatning litsenziyalanadigan turi yoki ruxsat berish tartib-taomillaridan o'tish talab etiladigan faoliyat (harakatlar) turi, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda — mazkur faoliyatning kichik turi;
qonunchilikda nazarda tutilgan litsenziya yoki ruxsat berish talablari hamda shartlari talabgor tomonidan bajarilishi mumkinligini tasdiqlovchi boshqa ma'lumotlar.
Talabgor tomonidan taqdim etilgan, litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun zarur bo'lgan hujjatlar, vakolatli organ aksini isbotlaguniga qadar, barcha hollarda to'g'ri deb hisoblanadi.
Talabgordan ushbu moddada hamda faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillaridan o'tish tartibi to'g'risidagi nizomlarda, shuningdek ularning pasportlarida nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yo'l qo'yilmaydi.
Ariza talabgor tomonidan maxsus elektron tizim yoki YaIDXP vositasida yuborilgan taqdirda, u elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.
Talabgor noto'g'ri yoki buzib ko'rsatilgan ma'lumotlarni taqdim etganlik uchun qonunga muvofiq javobgar bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn«Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to'g'risida»gi qonun
26-modda. Litsenziyani va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun zarur bo'lgan hujjatlar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.