Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillaridan o'tish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash hamda ruxsat berish tartib-taomillaridan o'tish tartibi to'g'risidagi nizomlarda, shuningdek ularning pasportlarida belgilanadi.
Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillaridan o'tish tartibi to'g'risidagi nizomlarda quyidagilar nazarda tutiladi:
litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning, shuningdek ularni berish zimmasiga yuklatiladigan vakolatli organning nomi;
litsenziyalashdan yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishdan maqsad;
litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim etiladigan hujjatlarning tugal ro'yxati;
talabgorning litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish to'g'risidagi arizasini ko'rib chiqish, hujjatni berish yoki uni berishni rad etish tartibi va muddatlari, shu jumladan agar mazkur hujjatni berish tanlov (tender) asosida amalga oshirilayotgan bo'lsa, litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish uchun tanlov (tender) o'tkazish tartibi;
litsenziya yoki ruxsat berish talablari va shartlari;
litsenziyani va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni maxsus elektron tizim vositasida berishda litsenziyalash hamda ruxsat berish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlarning boshqa davlat organlari va tashkilotlar bilan o'zaro hamkorligi tartibi;
litsenziyalarning va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning amal qilish muddatini uzaytirish, amal qilishini qayta rasmiylashtirish, to'xtatib turish, qayta tiklash, ularni bekor qilish tartibi;
tegishli litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat cheklanmagan muddatga berilishi mumkin bo'lmagan hollarda, litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati;
agar talabgor tomonidan harakatlarni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish imkoniyatini aniqlash uchun zarur bo'lsa, ruxsat berish tartib-taomili doirasida vakolatli organ yoki jalb qilingan uchinchi shaxs tomonidan o'tkaziladigan o'rganishlar, tadqiqotlar, tekshirishlarning yoki boshqa ilmiy va texnik baholashlarning tugal ro'yxati.
Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash haqidagi va ruxsat berish tartib-taomillaridan o'tish tartibi to'g'risidagi nizomlarda ushbu Qonunga muvofiq boshqa normalar ham ko'rsatilishi, shuningdek litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillaridan o'tishning soddalashtirilgan tartibi belgilanishi mumkin.
Litsenziyalar va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar pasportlarida talabgor tomonidan litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish va faoliyatini davom ettirishi uchun zarur bo'lgan axborot ko'rsatiladi.
lex.uz’dagi asl matn«Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to'g'risida»gi qonun
23-modda. Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillaridan o'tish tartibi to'g'risidagi nizomlar, shuningdek ularning pasportlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.