Litsenziya berganlik, uning amal qilish muddatini uzaytirganlik va uni o'zgartirganlik uchun davlat boji undiriladi.
Litsenziya berganlik, uning amal qilish muddatini uzaytirganlik va uni o'zgartirganlik uchun davlat boji miqdorlari hamda uni to'lash tartibi «Davlat boji to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunida belgilanadi.
Litsenziyalanadigan faoliyat turining kichik turi uchun litsenziya berganlik va uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun qonunda davlat boji stavkalarining kamaytirilgan miqdorlari belgilanishi mumkin.
Faoliyatning quyidagi turlari bo'yicha litsenziyaning amal qilishi uchun yillik davlat bojlari belgilanadi:
kontsert-tomosha faoliyati;
iste'mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish;
alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi sohasidagi faoliyat;
telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularning xizmatlarini ko'rsatish;
bukmekerlik faoliyati;
Internet jahon axborot tarmog'ida tavakkalchilikka asoslangan o'yinlarni tashkil etish faoliyati.
lex.uz’dagi asl matn«Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to'g'risida»gi qonun
17-modda. Litsenziya berganlik, uning amal qilish muddatini uzaytirganlik va uni o'zgartirganlik uchun undiriladigan davlat boji
(17-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 17 апрелдаги ЎРҚ-1057-сонли Қонунига асосан олтинчи ва еттинчи хатбошилар билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.04.2025 й., 03/25/1057/0351-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.