Закон «Об обмене кредитной информацией»

5-modda. Kredit tarixi

(5-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 4 мартдаги ЎРҚ-1043-сонли Қонунига асосан бешинчи хатбоши билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 05.03.2025 й., 03/25/1043/0217-сон. Кучга кириш санаси — 2025 йил 6 июнь)

Kredit tarixi — kredit byurosi tomonidan kredit axboroti sub'yektiga nisbatan shakllantirilgan kredit axboroti majmui. Kredit tarixi o'z ichiga: kredit axboroti sub'yektini identifikatsiyalash imkonini beradigan; kredit axboroti sub'yektining kredit bitimlari to'g'risidagi, shuningdek ularning ijro etilishi holati haqidagi; kredit axboroti sub'yektining fuqarolik-huquqiy shartnoma bo'yicha pul summasini to'lash majburiyatlari to'g'risidagi; jismoniy shaxsning kredit bitimi tuzishini taqiqlash yoki bunday taqiqni olib tashlash to'g'risidagi ariza yuborilgan sana va vaqt, taqiq belgilangan yoki olib tashlangan sana va taqiq shartlari haqidagi; kredit tarixini shakllantirish sanasi to'g'risidagi, shuningdek kredit tarixini shakllantirgan kredit byurosi haqidagi ma'lumotlarni olishi kerak. Kredit tarixiga kredit axboroti almashinuvi to'g'risidagi shartnomaga muvofiq boshqa ma'lumotlar ham kiritilishi mumkin. Kredit axboroti sub'yektining bajarilish sanasidan e'tiboran besh yildan ko'p vaqt o'tgan pul summasini to'lash majburiyatlari to'g'risidagi ma'lumotlar kredit tarixiga kiritilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.