Закон «Об обмене кредитной информацией»

21-modda. Kredit axborotidan foydalanuvchining huquq va majburiyatlari

(21-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Kredit axborotidan foydalanuvchi: bir nechta kredit byurosidan kredit hisobotlarini olishga; taqdim etilgan kredit hisobotining xolisligi va ishonchliligi yuzasidan kredit byurosiga o'z fikr-mulohazalarini bildirishga; kredit byurolaridan kredit axboroti sub'yektining reyting bahosini hisoblash uslubini hamda kredit axboroti sub'yekti reyting bahosiga ta'sir qilgan omillarni tushuntirib berishni talab qilishga haqli. Kredit axborotidan foydalanuvchi qonunchilik va kredit axboroti almashinuvi to'g'risidagi shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin. Kredit axborotidan foydalanuvchi: kredit axboroti sub'yekti to'g'risidagi kredit hisobotini kredit byurosidan olish uchun kredit axboroti sub'yektidan rozilik so'rashi; kredit hisobotining maxfiyligi va but saqlanishiga rioya etishi hamda unda mavjud bo'lgan kredit axborotini uchinchi shaxslarga oshkor etmasligi; kredit hisobotidan faqat ushbu Qonun 24-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan maqsadlar uchun foydalanishi; kredit axboroti sub'yekti xususida olingan kredit hisobotining ko'chirma nusxasini uning so'roviga ko'ra taqdim etishi; kredit axboroti sub'yektining o'zi haqidagi kredit hisobotini berishga ilgari olingan roziligini tanishib chiqish uchun kredit byurosining talabiga ko'ra unga uch ish kuni ichida taqdim etishi shart. Kredit axborotidan foydalanuvchining zimmasida qonunchilik va kredit axboroti almashinuvi to'g'risidagi shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.