Kredit byurosini qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda, ushbu Qonun talablari hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
Qayta tashkil etish yoki tugatish to'g'risida qaror qabul qilinganidan keyin kredit byurosi bu haqda bir ish kunidan kechiktirmay O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yozma shaklda xabar qiladi va ikki oy mobaynida ommaviy axborot vositalarida har hafta tegishli e'lon berib boradi.
Kredit byurosi qayta tashkil etilgan taqdirda kredit axboroti ma'lumotlar bazasi kredit byurosining huquqiy vorisiga, agar u litsenziyaga ega bo'lsa, topshiriladi. Bu holda kredit byurosining huquqiy vorisi bu haqda kredit axboroti yetkazib beruvchilarni va O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankini kredit axboroti ma'lumotlar bazasi olingan kundan e'tiboran besh ish kuni ichida yozma shaklda xabardor etishi shart. Bunda ommaviy axborot vositalarida joylashtirilgan e'lonlarda kredit byurosining kredit axboroti ma'lumotlar bazasi uning huquqiy vorisiga topshirilganligi ko'rsatiladi.
Agar kredit byurosining huquqiy vorisi litsenziyaga ega bo'lmasa, shuningdek kredit byurosi tugatilgan, litsenziyaning amal qilishi tugatilgan yoki u bekor qilingan hollarda kredit axboroti ma'lumotlar bazasi O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga tekin topshiriladi.
lex.uz’dagi asl matnЗакон «Об обмене кредитной информацией»
11-modda. Kredit byurosini qayta tashkil etish va tugatish
(11-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.