«Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida»gi qonun

9-modda. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi vakolatlari

(9-модда биринчи қисмининг тўртинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 18 ноябрдаги ЎРҚ-729-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 19.11.2021 й., 03/21/729/1064-сон)

O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi o'z vakolatlari doirasida: korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi; korruptsiyaga qarshi kurashish to'g'risidagi qonunchilikning aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi tezkor-qidiruv faoliyatini, tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiradi; korruptsiya bilan bog'liq jinoyatlar bo'yicha dastlabki tergovni amalga oshiradi; korruptsiyaning holati va korruptsiyaga qarshi kurashish natijalari to'g'risidagi axborotni yig'ish hamda tahlil qilishni amalga oshiradi; jismoniy va yuridik shaxslarning korruptsiya faktlariga doir murojaatlarini ko'rib chiqadi hamda ularning buzilgan huquqlarini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish choralarini ko'radi; korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonun ijodkorligi faoliyatida, shu jumladan qonunchilik tashabbusi huquqini amalga oshirishda ishtirok etadi; aholi o'rtasida jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy targ'ibotga doir faoliyatda ishtirok etadi; korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarning o'z vaqtida oldi olinishini, aniqlanishini va ularga chek qo'yilishini ta'minlashga, ularning oqibatlarini, shuningdek ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir tadbirlarni ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi; korruptsiyaga qarshi kurashish bo'yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi; korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.