«Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida»gi qonun

27¹-modda. Korruptsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning elektron reyestri

(27¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 22 июндаги ЎРҚ-1155-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.06.2026 й., 03/26/1155/0616-сон)

Korruptsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslar Korruptsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning elektron reyestriga (bundan buyon matnda elektron reyestr deb yuritiladi) kiritiladi. O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi korruptsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarga nisbatan ayblov hukmi (ajrim) qonuniy kuchga kirgan paytdan e'tiboran uch ish kuni ichida elektron reyestrga shaxs haqidagi ma'lumotlarni kiritadi. Elektron reyestrda korruptsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslar to'g'risidagi ma'lumotlar O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida belgilangan sudlanganlik muddati davomida saqlanadi. Elektron reyestrga kiritilgan shaxslarga nisbatan quyidagi cheklovlar belgilanadi: davlat xizmatiga kirish va davlat mukofotlari bilan taqdirlanish; saylanadigan va alohida tartibda tayinlanadigan lavozimlarga nomzodining ko'rsatilishi; davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari hamda idoralararo kollegial organlarning a'zosi bo'lish; o'zi ta'sis etgan va (yoki) ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushining 50 foizidan ko'proq qismiga o'zi egalik qiladigan tadbirkorlik sub'yektlarining davlat xaridlarida va davlat-xususiy sheriklik to'g'risidagi bitimda ishtirokchi (ijrochi) sifatida qatnashish; davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo'lgan tashkilotlarda va davlat ta'lim muassasalarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritish. Elektron reyestr Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda yuritiladi. Elektron reyestrdan ma'lumot olish tartibi, korruptsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarni Elektron reyestrdan chiqarish asoslari va tartibi, shuningdek davlat organlarining Elektron reyestrni yuritish borasidagi hamkorligi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.