Korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarni o'z vaqtida aniqlash va ularga chek qo'yishga, korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi printsipini ta'minlashga doir chora-tadbirlar quyidagilardan iborat:
korruptsiyaga qarshi kurashish bo'yicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlarining korruptsiyaning holatini va tendentsiyalarini tizimli tahlil qilishga asoslangan samarali ishini tashkil etish, ularning faoliyatida korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarga yo'l qo'ymaslik;
korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarga qarshi kurashning zamonaviy shakllari va usullaridan foydalanish, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning texnik ta'minoti darajasini oshirish, ularning ishiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
sudlarning mustaqilligi va erkinligini, ular faoliyatining ochiqligini ta'minlash;
korruptsiyaga qarshi kurashish bo'yicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari o'rtasida muvofiqlashtirishni va hamkorlikni ta'minlash;
jismoniy va yuridik shaxslarning korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar faktlariga doir murojaatlari to'liq, xolisona va o'z vaqtida ko'rib chiqilishini ta'minlash;
korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar to'g'risida axborot bergan shaxslarning himoya qilinishini ta'minlash;
korruptsiyaga qarshi kurashning samarali jinoyat-huquqiy va jinoyat-protsessual mexanizmlarini yaratish.
lex.uz’dagi asl matn«Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida»gi qonun
25-modda. Korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarni o'z vaqtida aniqlash va ularga chek qo'yishga, korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi printsipini ta'minlashga doir chora-tadbirlar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.