Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va tadbirkorlik sohasida korruptsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar quyidagilardan iborat:
ma'muriy va byurokratik to'siqlarni bartaraf etish, ro'yxatga olish, ruxsat etish va litsenziyaga doir tartib-taomillarni soddalashtirish hamda ularning tezkorligini oshirish;
davlat organlarining nazorat-tekshiruv vazifalarini maqbullashtirish, tadbirkorlik sub'yektlarining faoliyatini tekshirish tizimini takomillashtirish, ularning faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashishga yo'l qo'ymaslik;
davlat organlari va tadbirkorlik sub'yektlari o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning masofaviy shakllarini keng joriy etish;
tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun teng shart-sharoitlar yaratish va insofsiz raqobatga yo'l qo'ymaslik;
davlat xaridlarining samarali huquqiy mexanizmlarini joriy etish, davlat xaridlarini joylashtirishda oshkoralik, shaffoflikni ta'minlash hamda raqobat muhitini qo'llab-quvvatlash;
ta'lim, sog'liqni saqlash, ijtimoiy ta'minot, kommunal xizmat ko'rsatish sohasida va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning boshqa sohalarida aholi uchun adolatli shart-sharoitlarni hamda teng imkoniyatlarni yaratish, korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarga yo'l qo'ymaslik;
nodavlat tashkilotlarda korruptsiyaga qarshi kurashishning samarali mexanizmlarini joriy etish.
Qonunchilikda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va tadbirkorlik sohasida korruptsiyaning oldini olishga doir boshqa chora-tadbirlar ham nazarda tutilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida»gi qonun
20-modda. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va tadbirkorlik sohasida korruptsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar
(20-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.