«Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida»gi qonun

13-modda. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi vakolatlari

(13-модда биринчи қисмининг учинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 февралдаги ЎРҚ-1038-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.02.2025 й., 03/25/1038/0188-сон)

O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti o'z vakolatlari doirasida: korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi; jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish bilan bog'liq jinoyatlar, iqtisodiy va korruptsiya bilan bog'liq boshqa jinoyatlar bo'yicha tezkor-qidiruv faoliyatini, tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni va dastlabki tergovni amalga oshiradi; jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishning ehtimol tutilgan yo'llari va mexanizmlarini aniqlash uchun pul mablag'lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog'liq operatsiyalarning monitoringini tashkil etadi hamda o'tkazadi; jinoiy ta'qib etishni tashkil qilish va huquqiy ta'sir ko'rsatishning boshqa choralarini ko'rish uchun tegishli davlat organlarini korruptsiyaga oid aniqlangan huquqbuzarliklar to'g'risida o'z vaqtida xabardor qiladi; korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarning o'z vaqtida oldi olinishini, aniqlanishini va ularga chek qo'yilishini ta'minlashga, ularning oqibatlarini, shuningdek ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir tadbirlarni ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi; korruptsiyaga qarshi kurashish bo'yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi; korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.