O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
1) samarali iqtisodiy, ijtimoiy, soliq va byudjet siyosati amalga oshirilishi, ilm-fan, madaniyat, ta'lim, sog'liqni saqlashni hamda iqtisodiyotning va ijtimoiy sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirishga doir dasturlarning ishlab chiqilishi hamda bajarilishi uchun javobgar bo'ladi;
2) barqaror iqtisodiy o'sishni, makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash, kambag'allikni qisqartirish, aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, qulay investitsiyaviy muhitni yaratish, hududlarni kompleks va barqaror rivojlantirish bo'yicha choralar ko'radi;
3) aholini, shu jumladan nogironligi bo'lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish tizimining samarali faoliyat ko'rsatishini ta'minlaydi;
4) atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy boyliklarni va biologik xilma-xillikni saqlash, iqlim o'zgarishiga, epidemiyalarga, pandemiyalarga qarshi kurashish hamda ularning oqibatlarini yumshatish sohalarida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta'minlaydi;
5) yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishini ta'minlaydi, oilani qo'llab-quvvatlash, mustahkamlash va himoya qilish, an'anaviy oilaviy qadriyatlarni saqlash bo'yicha choralar ko'radi;
6) fuqarolik jamiyati institutlarini qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda ijtimoiy sheriklik dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ularning ishtirok etishini ta'minlaydi;
7) fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy hamda boshqa huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
8) O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oliy Majlis palatalari qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta'minlaydi;
9) ijro etuvchi hokimiyat organlari ishini muvofiqlashtiradi va yo'naltiradi, ularning faoliyati ustidan qonunda belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiradi;
10) ijro etuvchi hokimiyat organlarining ishida ochiqlik va shaffoflikni, qonuniylik va samaradorlikni ta'minlash, ularning faoliyatida korruptsiya holatlariga qarshi kurashish, davlat xizmatlarining sifatini oshirish va ulardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish bo'yicha choralar ko'radi;
11) O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan har yilgi ma'ruzalarni taqdim etadi;
12) ushbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
lex.uz’dagi asl matnКонституция Республики Узбекистан
115-modda. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Oddiy tilda
NIMANI ANGLATADI
Vazirlar Mahkamasi — davlatning eng yuqori ijro etuvchi organi. U mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy masalalarini hal qiladi. Vazirlar Mahkamasi Prezidentga javobgar bo'lib, uning farmonlarini ijro etadi va barcha vazirliklarni boshqaradi.
KIMGA TEGISHLI
Vazirlar Mahkamasi O'zbekiston Respublikasining butun xalqiga va davlatiga tegishli.
AMALDA
Masalan, Vazirlar Mahkamasi ta'lim sifatini yaxshilash, yangi yo'llar qurilishi, kasalxonalarga yangi asbob-uskunalar sotib olish kabi dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi. Shuningdek, agar qimmatlik ko'tarilsa yoki ishsizlik ortsa, Vazirlar Mahkamasi bu muammolarni hal qilish uchun choralar ko'radi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.