Jinoyat-protsessual kodeksi

95-modda. Dalillarga baho berish

(95-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2008 йил 31 декабрдаги ЎРҚ-198-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2008 й., 52-сон, 514-модда)

Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud ishdagi barcha holatlarni sinchkovlik bilan, to'la, har tomonlama va xolisona ko'rib chiqishga asoslangan holda qonunga va huquqiy ongga amal qilib o'zlarining ichki ishonchlari bo'yicha dalillarga baho beradilar. Har bir dalil ishga aloqadorligi, maqbulligi va ishonchliligi nuqtai nazaridan baholanishi lozim. Dalillar jinoyat ishi uchun ahamiyatli bo'lgan mavjud holatlar haqidagi xulosalarni tasdiqlovchi, rad etuvchi yoki shubha ostiga oluvchi faktlar yoki narsalar to'g'risidagi ma'lumotlarni aks ettirgan taqdirdagina ishga aloqador deb e'tirof etiladi. Dalillar belgilangan tartibda to'plangan va ushbu Kodeksning 88, 90, 92 — 94-moddalarida nazarda tutilgan shartlarga muvofiq bo'lsagina, ular maqbul deb e'tirof etiladi. Tekshiruv natijasida haqiqatga muvofiq ekanligi aniqlangan dalillar ishonchli deb hisoblanadi. Isbotlanishi kerak bo'lgan barcha va har bir holatning haqiqiyligini so'zsiz tasdiqlovchi ishga oid barcha ishonchli dalillar to'plangan bo'lsa, ularning jami ishni hal qilish uchun yetarli deb hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.