Уголовно-процессуальный кодекс

87-modda. Dalillar to'plash

(87-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 21 ноябрдаги ЎРҚ-1003-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.11.2024 й., 03/24/1003/0943-сон)

Dalillar tergov va sud harakatlarini yuritish: gumon qilinuvchini, ayblanuvchini, sudlanuvchini, guvohni, jabrlanuvchini, ekspertni so'roq qilish; yuzlashtirish; tanib olish uchun ko'rsatish; ko'rsatuvni hodisa ro'y bergan joyda tekshirish; olib qo'yish; tintuv; ko'zdan kechirish; guvohlantirish; murdani eksgumatsiya qilish; eksperiment o'tkazish; ekspertiza tadqiqotlarini o'tkazish uchun namunalar olish; ekspertiza va taftish tayinlash; taqdim etilgan ashyolarni, hujjatlarni va elektron ma'lumotlarni qabul qilish; telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so'zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish, shuningdek tezkor-qidiruv tadbirlarini o'tkazish yo'li bilan to'planadi. Himoyachi jinoyat ishi bo'yicha dalillarni to'plash va taqdim etishga haqli bo'lib, ular jinoyat ishi materiallariga qo'shib qo'yilishi, shuningdek tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov o'tkazish va jinoyat ishini sudda ko'rish jarayonida majburiy baholanishi lozim. Ushbu dalillar: ishga taalluqli axborotga ega bo'lgan shaxslarni so'rovdan o'tkazish hamda ularning roziligi bilan yozma tushuntirishlar olish; davlat organlariga va boshqa organlarga, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga so'rov yuborish hamda ulardan ma'lumotnomalar, tavsifnomalar, tushuntirishlar va boshqa hujjatlarni olish orqali to'planishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

Nimani anglatadi Dalillar to'plash — jinoyat ishini yechish uchun zarur bo'lgan ma'lumot va buyumlarni to'plash jarayoni. Bunga guvohlarni so'roq qilish, jismoniy buyumlarni olib qo'yish, ekspertiza o'tkazish va boshqa tadbirlar kiradi. Ushbu dalillar jinoyat ishining haqiqatini aniqlashga yordam beradi. Kimga tegishli Bu huquq jinoyat ishida ishtirok etuvchi barcha tomonlarga — tergov organlari, sudga, himoyachiga va boshqalarga tegishli. Amalda Agar odam jinoyatda gumon qilinsa, tergov organi uning bilan so'roq o'tkazadi, uning uyini qidiradi, zarur bo'lsa ekspertiza tayinlaydi. Masalan, o'g'irlik ishida politsiya o'g'irlanmish buyumlarni qidiradi va topilgan narsalarni dalil sifatida qayd etadi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.