Tergov va sud muhokamasini o'tkazishda dalillarni topish va mustahkamlashda surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga va sudga yordam berish uchun mutaxassis chaqiriladi. Mutaxassis sifatida shifokor, pedagog hamda zarur bilim va malakaga ega bo'lgan boshqa shaxslar chaqirilishi mumkin.
Himoyachining iltimosnomasiga ko'ra surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud tomonidan mutaxassis tushuntirish berish uchun chaqirilishi mumkin.
Tergov va sud muhokamasini o'tkazishda ilmiy-texnika vositalarini (magnitofon, videomagnitofon, kinoga olish apparatlari va boshqa apparatlarni) qo'llash uchun mutaxassis chaqirilishi mumkin.
Tergov va sud muhokamasiga mutaxassis chaqirish hamda uning ishtirok etishi tartibi ushbu Kodeksning 91, 92, 136 — 138, 146, 147, 149, 151, 156-moddalarida, 22¹-bobida va 193-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
69-modda. Mutaxassis
(69-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2016 йил 29 декабрдаги ЎРҚ-418-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2017 й., 1-сон, 1-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.