Xorijiy davlat sudining qarorini qayta ko'rib chiqish bilan bog'liq har qanday masalalar mazkur davlatning sudi tomonidan hal qilinadi.
O'zbekiston Respublikasida jazo o'tayotgan yoki majburiy davolanayotgan shaxsga nisbatan chiqarilgan xorijiy davlat sudining qarori bekor qilingan yoki o'zgartirilgan yoxud xorijiy davlat yoki O'zbekiston Respublikasi tomonidan amnistiya yoki afv etish akti qo'llanilgan taqdirda, xorijiy davlat sudining qayta ko'rib chiqilgan qarorini ijro etish, shuningdek amnistiya yoxud afv etish aktini qo'llash masalalari O'zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq hal qilinadi.
Agar xorijiy davlat sudining qarori bekor qilingan va ish sud muhokamasida yangitdan ko'rish uchun tayinlangan bo'lsa, kelgusida jazoni o'tash to'g'risidagi masala O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan ushbu Kodeksga muvofiq hal qilinadi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
617-modda. Xorijiy davlat sudining qarorini o'zgartirish yoki bekor qilish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.