Sud iltimosnomani ko'rib chiqib ajrim chiqaradi, unda quyidagilar ko'rsatiladi:
1) xorijiy davlat sudining nomi, qaror qabul qilingan vaqt va joy;
2) mahkumning yoki o'ziga nisbatan tibbiy yo'sindagi majburlov chorasi qo'llanilgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, O'zbekiston Respublikasidagi oxirgi yashash joyi, hukm qilinguniga yoki o'ziga nisbatan tibbiy yo'sindagi majburlov chorasi qo'llanilguniga qadar ishlagan joyi va lavozimi, fuqaroligi to'g'risidagi ma'lumotlar;
3) sodir etilishida shaxs aybli deb topilgan jinoyatning tavsifi va shaxsning hukm qilinishiga yoxud o'ziga nisbatan tibbiy yo'sindagi majburlov chorasi qo'llanilishiga asos bo'lgan xorijiy davlat jinoyat to'g'risidagi qonunining moddasi (qismi, bandi);
4) mahkum yoki o'ziga nisbatan tibbiy yo'sindagi majburlov chorasi qo'llanilgan shaxs sodir etgan jinoyat uchun javobgarlik nazarda tutilgan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining moddasi (qismi, bandi);
5) mahkumning O'zbekiston Respublikasida o'tashi kerak bo'lgan jazo turi va muddati, tegishli tartibli koloniya turi, fuqarolik da'vosi bo'yicha keltirilgan zararning o'rnini qoplash yoki undirish tartibi, majburiy davolanayotgan shaxsga nisbatan qo'llanilishi lozim bo'lgan tibbiy yo'sindagi majburlov chorasining turi;
6) ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa ma'lumotlar.
O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning o'rinbosari tomonidan xorijiy davlat sudining qarorini tan olish va ijroga qaratish to'g'risida kiritilgan iltimosnomani ko'rib chiqishda, agar sud:
1) xorijiy davlat sudining qarori bilan hukm qilingan yoxud o'ziga nisbatan tibbiy yo'sindagi majburlov chorasi qo'llanilgan shaxsning qilmishi O'zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq jinoyat hisoblanmasligi;
2) jazoni ijro etish muddati o'tib ketganligi tufayli yoxud O'zbekiston Respublikasining qonunchiligida yoki xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan boshqa asosga ko'ra xorijiy davlat sudining qarorini ijro etish mumkin emasligi;
3) xorijiy davlat sudining qarorini tan olish va ijroga qaratish O'zbekiston Respublikasining manfaatlariga, suverenitetiga yoki xavfsizligiga zarar yetkazishi mumkinligi haqida xulosaga kelsa, xorijiy davlat sudining qarorini tan olishni va ijroga qaratishni rad etish to'g'risida ajrim chiqaradi.
Sudning ajrimi o'qib eshittirilgan kundan e'tiboran kuchga kiradi hamda O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga uning ijrosini ta'minlash choralarini ko'rish uchun, himoyachiga va boshqa manfaatdor shaxslarga esa ma'lumot uchun yuboriladi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
615-modda. Sud ajrimi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.