Jinoyat-protsessual kodeksi

612-modda. Ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni o'tashni davom ettirish uchun, shuningdek o'ziga nisbatan tibbiy yo'sindagi majburlov chorasi qo'llanilgan shaxsni majburiy davolashni davom ettirish uchun qabul qilib olish shartlari

Ushbu Kodeksning 611-moddasida ko'rsatilgan shaxslarni O'zbekiston Respublikasi tomonidan qabul qilib olishga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni o'tayotgan yoki majburiy davolanishda bo'lgan shaxsning yoxud uning qonuniy vakilining yoki yaqin qarindoshining arizasiga, shuningdek qabul qilinayotgan shaxsning yoki uning qonuniy vakilining roziligi bilan O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining yoki xorijiy davlat vakolatli organining so'roviga ko'ra yo'l qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.