Jinoyat-protsessual kodeksi

600-modda. O'zbekiston Respublikasiga ushlab berilgan shaxsning jinoiy javobgarligi doirasi

O'zbekiston Respublikasiga xorijiy davlat tomonidan ushlab berilgan shaxs o'zi ushlab berilguniga qadar sodir etgan va ushlab berilishiga sabab bo'lmagan jinoyati uchun uni ushlab bergan davlatning roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, jazolanishi, shuningdek uchinchi bir davlatga topshirilishi mumkin emas. Quyidagi hollarda xorijiy davlatning roziligi talab qilinmaydi, agar: u ushlab bergan shaxs jinoyat ishi tugatilgan kundan e'tiboran, hukm qilingan taqdirda esa jazo o'talgan yoki har qanday qonuniy asosga ko'ra jazodan ozod qilingan kundan e'tiboran bir oy ichida O'zbekiston Respublikasi hududini tark etmagan bo'lsa. Ushlab berilgan shaxs o'ziga bog'liq bo'lmagan holatlar bo'yicha O'zbekiston Respublikasi hududini tark etish imkoniyatiga ega bo'lmagan vaqt bu muddatga qo'shib hisoblanmaydi; u ushlab bergan shaxs O'zbekiston Respublikasi hududini tark etgan, ammo keyin ixtiyoriy ravishda O'zbekiston Respublikasiga qaytib kelgan bo'lsa. Xorijiy davlat tomonidan ushlab berilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi bo'yicha uzil-kesil qaror qabul qilgan organ uning ko'chirma nusxasini O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga yuboradi. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xorijiy davlatning vakolatli organini u tomonidan ushlab berilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishini yuritish natijalari haqida yozma ravishda xabardor qiladi. Mazkur organning iltimosiga ko'ra jinoyat ishi bo'yicha uzil-kesil qarorning ko'chirma nusxasi ham yuborilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.