Jinoyat-protsessual kodeksi

595-modda. Protsessual harakatlarni bajarish to'g'risidagi so'rovni O'zbekiston Respublikasi hududida ijro etish

(595-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Sud, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi xorijiy davlatning tegishli vakolatli organidan kelib tushgan, o'zlariga belgilangan tartibda topshirilgan protsessual harakatlarni bajarish to'g'risidagi so'rovni O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq yoki o'zarolik printsipi asosida ijro etadi. Agar protsessual harakatlarni bajarish to'g'risidagi so'rov kelib tushgan organ uni ijro etishga vakolatli bo'lmasa, u so'rovni vakolatli organga yuboradi va bu haqda so'rov tashabbuskorini yozma ravishda xabardor qiladi. Bevosita sudga, prokurorga, tergov organiga, surishtiruv organiga protsessual harakatlarni bajarish to'g'risida kelib tushgan so'rov ushbu Kodeks 592-moddasining uchinchi qismida ko'rsatilgan tegishli organlar bilan kelishilgan holdagina ijro etilishi mumkin. Protsessual harakatlarni bajarish to'g'risidagi so'rovni ijro etishda ushbu Kodeks normalari qo'llaniladi. Xorijiy davlat vakolatli organining iltimosi bo'yicha, agar bu O'zbekiston Respublikasining qonunchiligiga zid bo'lmasa, xorijiy davlatning protsessual qonunchiligi normalari qo'llanilishi mumkin. O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollarda yoki o'zarolik printsipi asosida, protsessual harakatlarni bajarish to'g'risidagi so'rovni ijro etishda xorijiy davlat vakolatli organining vakillari ushbu Kodeks 592-moddasining uchinchi qismida ko'rsatilgan tegishli organlar ruxsati bilan hozir bo'lishi mumkin. Agar protsessual harakatlarni bajarish to'g'risidagi so'rovni ijro etish mumkin bo'lmasa, u holda olingan hujjatlar so'rovni ijro etishga to'sqinlik qilgan sabablar ko'rsatilib, so'rovni olgan organ orqali, zarur bo'lganda esa diplomatik yo'llar orqali xorijiy davlatning so'rovni yuborgan vakolatli organiga qaytarib yuboriladi. Agar so'rov O'zbekiston Respublikasining qonunchiligiga zid bo'lsa yoki uning ijrosi O'zbekiston Respublikasi suverenitetiga yoxud xavfsizligiga zarar yetkazishi mumkin bo'lsa, u ijro etilmasdan qaytarib yuboriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.