Jinoyat-protsessual kodeksi

587-modda. Tergovga qadar o'tkazilgan tekshiruv materiallarini yoki jinoyat ishini surishtiruvchi, tergovchi tomonidan prokurorga yuborish tartibi

Amnistiya aktini qo'llash uchun asoslar mavjud bo'lgan taqdirda, surishtiruvchi, tergovchi tergovga qadar o'tkazilgan tekshiruv materiallarini yoki jinoyat ishini qaysi shaxsga nisbatan amnistiya aktini qo'llash to'g'risidagi masala qo'yilayotgan bo'lsa, o'sha shaxsning, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining arizasi hamda amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qo'zg'atishni rad qilish haqida yoxud jinoyat ishini tugatish to'g'risida sudga iltimosnoma kiritish haqidagi taqdimnoma bilan prokurorga yuboradi. Agar bir nechta shaxsga nisbatan jinoyat ishi bo'yicha ulardan loaqal bittasi amnistiya aktining ta'sir doirasiga tushsa, unga nisbatan jinoyat ishining qismi amnistiya aktini qo'llash to'g'risida sudga iltimosnoma kiritish uchun ushbu Kodeksning 332-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga binoan alohida ish yuritishga ajratilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.