Jinoyat-protsessual kodeksi

586⁴-modda. Prokurorning aybga iqrorlik to'g'risida kelishuv tuzish haqidagi qarori

Prokuror aybga iqrorlik to'g'risida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomani ko'rib chiqib, quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi: 1) aybga iqrorlik to'g'risida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomani qanoatlantirish haqida; 2) aybga iqrorlik to'g'risida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomani rad qilish to'g'risida. Prokuror tomonidan aybga iqrorlik to'g'risida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomaning rad qilinishi gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va uning himoyachisini ushbu masala yuzasidan takroran iltimosnoma berish huquqidan mahrum etmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.