Alohida xonada sud quyidagi masalalarni hal qiladi:
1) jinoyat sodir etilganmi yoki aqli norasolik holatida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilganmi;
2) ana shu jinoyat yoki ijtimoiy xavfli qilmish ishi ko'rilayotgan shaxs tomonidan sodir etilganmi;
3) hozirgi vaqtda mazkur shaxsning ruhiy holati buzilganmi;
4) jinoyat sodir etganidan keyin ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan yoki aqli noraso holda ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsga tibbiy yo'sindagi majburlov chorasini qo'llash talab etiladimi va agar talab etilsa, aynan qanday chorani qo'llash kerak;
5) mazkur shaxs ruhiy kasallikdan umumiy asoslarda davolanishga muhtojmi.
Sud, shuningdek ushbu Kodeks 457-moddasi birinchi qismining 10 — 14-bandlarida nazarda tutilgan masalalarni ham hal qiladi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
576-modda. Alohida xonada sud hal qiladigan masalalar
(576-модда биринчи қисмининг 1-банди Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 12 сентябрдаги ЎРҚ-567-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 13.09.2019 й., 03/19/567/3737-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.