Tibbiy yo'sindagi majburlov choralarini qo'llash to'g'risidagi ishni surishtiruvchi, tergovchi uni sudga oshirish to'g'risidagi qaror bilan birga prokurorga o'tkazadi.
Prokuror ish bilan tanishib chiqib, quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
1) ushbu Kodeksning 83 va 84-moddalarida, (84-moddaning birinchi qismi 2-bandi bundan mustasno) nazarda tutilgan asoslarga ko'ra ishni tugatish;
2) qo'shimcha tergov o'tkazish uchun ishni surishtiruvchiga, tergovchiga qaytarish;
3) qarorni tasdiqlab ishni sudga oshirish yoxud amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini tugatish to'g'risida sudga iltimosnoma kiritish.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
573-modda. Ishni prokurorga o'tkazish va sudga oshirish
(573-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 6 сентябрдаги ЎРҚ-442-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2017 й., 36-сон, 943-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.