O'ziga nisbatan tibbiy yo'sindagi majburlov choralari qo'llanishi to'g'risida ish yuritilayotgan shaxs sog'aysa yoki unda beqaror remissiya holati yuz bersa va shu tufayli so'roqlarda to'g'ri ko'rsatuv bera olsa hamda boshqa tergov va sud harakatlarida ishtirok eta olsa, surishtiruvchi, tergovchi va sud bu shaxsga tergov qilishda va sud muhokamasida qatnashish hamda o'zini himoya qilish huquqini amalga oshirish imkonini berishi lozim.
O'ziga nisbatan tibbiy yo'sindagi majburlov choralari qo'llash to'g'risida ish yuritilayotgan shaxs: unga qanday ijtimoiy xavfli qilmish sodir etganlik uchun ayb qo'yilayotganini bilishga; ko'rsatuv berishga; dalillar taqdim qilishga; iltimoslar qilishga; surishtiruv yoki dastlabki tergov tamomlanganidan so'ng ishning barcha materiallari bilan tanishib chiqishga; himoyachiga ega bo'lishga; sud muhokamasida qatnashishga; rad qilishga; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyat qilishga haqlidir.
Surishtiruvchi, tergovchi tibbiy yo'sindagi majburlov choralarini qo'llash ishini yuritishni boshlash va sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlash to'g'risidagi qarorni e'lon qilganda mazkur shaxsga ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqlarini tushuntirib beradi. Huquqlar tushuntirilganligi to'g'risida bayonnoma tuziladi.
Mazkur shaxs alohida tergov va sud harakatlarini yuritish vaqtida ushbu Kodeksdagi ayblanuvchi va sudlanuvchilar uchun belgilangan huquqlarga ham ega.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
570-modda. Shaxsning tergov va sud harakatlarini yuritishdagi ishtiroki
(570-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 6 сентябрдаги ЎРҚ-442-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2017 й., 36-сон, 943-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.