Jinoyat-protsessual kodeksi

561-modda. Voyaga yetmagan sudlanuvchini sud majlisi zalidan chiqarib turish

Voyaga yetmagan sudlanuvchining himoyachisi, qonuniy vakili, shuningdek prokurorning fikrini eshitib, voyaga yetmagan shaxsga salbiy ta'sir etishi mumkin bo'lgan holatlar tekshirilayotganda sud o'z ajrimi bilan uni sud zalidan chiqarib turishga haqli. Voyaga yetmagan shaxs sud zaliga qaytarilganidan so'ng raislik qiluvchi unga yo'qligida bo'lib o'tgan muhokama mazmunini yetarli hajmda va shaklda ma'lum qiladi va uning yo'qligida so'roq qilingan shaxslarga savol berishi uchun voyaga yetmaganga imkoniyat yaratib beradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.