Jinoyat, xuddi shuningdek aqli noraso shaxsning jamoat uchun xavfli qilmishi shaxsga, korxonaga, muassasaga yoki tashkilotga mulkiy zarar yetkazgan deb hisoblash uchun dalillar bo'lsa, ular fuqaroviy da'vogar deb e'tirof etiladi. Fuqaroviy da'vogar deb e'tirof etish haqida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qaror, sud esa ajrim chiqaradi.
Voyaga yetmaganlarning, shuningdek muomalaga layoqatsiz deb e'tirof etilgan shaxslarning manfaatlarini himoya qilish uchun fuqaroviy da'vo ularning qonuniy vakillari va prokuror tomonidan qo'zg'atilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
56-modda. Fuqaroviy da'vogar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.