Jinoyat-protsessual kodeksi

550-modda. Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishda himoyachining ishtirok etishini ta'minlash

Voyaga yetmagan shaxsni gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi tariqasida birinchi so'roq qilishdan boshlab, surishtiruvchi yoki tergovchi ishda himoyachining ishtirok etishini ta'minlash choralarini ko'radi. Shu maqsadda voyaga yetmagan shaxsga va uning qonuniy vakiliga o'zlari xohlagan himoyachini taklif etish huquqiga ega ekanligi tushuntiriladi. Agar himoyachi voyaga yetmagan shaxsning, uning qonuniy vakilining yoxud boshqa shaxslarning topshirig'i yoki roziligi bilan chaqirilmagan bo'lsa, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud ishda himoyachining ishtirok etishini o'z tashabbusi bilan ta'minlashga majbur.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.