Surishtiruv, dastlabki tergov harakatlari va sud muhokamasi davrida voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar bo'yicha, ushbu Kodeksning 82 — 84-moddalarida ko'rsatilgan holatlardan tashqari, quyidagilar isbotlanishi lozim:
1) voyaga yetmagan ayblanuvchining aniq yoshi (tug'ilgan yili, oyi, kuni);
2) voyaga yetmaganning shaxsiga xos xususiyatlar va uning salomatligi holati;
3) uning turmush va tarbiyalanish sharoitlari;
4) katta yoshli dalolatchilar va boshqa ishtirokchilarning bor yoki yo'qligi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
548-modda. Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar bo'yicha isbotlanishi lozim bo'lgan holatlar
(548-модданинг биринчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 6 сентябрдаги ЎРҚ-442-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2017 й., 36-сон, 943-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.