Jinoyat-protsessual kodeksi

546¹-modda. Sudning hukmini, ajrimini va qarorini ijro etish chog'ida yuzaga kelgan masalalarni hal qilish to'g'risidagi ajrim ustidan xususiy shikoyat berish va xususiy protest bildirish

(546¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 27 сентябрдаги ЎРҚ-869-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.09.2023 й., 03/23/869/0730-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)

Sudning hukmini, ajrimini va qarorlarini ijro etish chog'ida yuzaga kelgan masalalarni hal qilish to'g'risidagi ajrim sud tomonidan o'qib eshittirilgan paytdan e'tiboran qonuniy kuchga kiradi. Sudning ajrimi ustidan ushbu Kodeksning 499-moddasida ko'rsatilgan shaxslar tomonidan kassatsiya tartibida xususiy shikoyat (xususiy protest) berilishi mumkin. Kassatsiya instantsiyasining sud hukmini, ajrimini va qarorini ijro etish chog'ida yuzaga kelgan masalalarni hal qilish to'g'risidagi ajrimi ustidan ushbu Kodeksning 511 va 512-moddalarida ko'rsatilgan shaxslar tomonidan taftish tartibida xususiy shikoyat berilishi yoki xususiy protest bildirilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.