Jinoyat-protsessual kodeksi

54-modda. Jabrlanuvchi

Jinoyat, xuddi shuningdek aqli noraso shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishi shaxsga ma'naviy, jismoniy yoki mulkiy zarar yetkazgan deb hisoblash uchun dalillar bo'lgan taqdirda, bunday shaxs jabrlanuvchi deb e'tirof etiladi. Jabrlanuvchi deb e'tirof etish haqida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Jabrlanuvchi voyaga yetmagan yoki belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb e'tirof etilgan shaxs bo'lsa, ishda u bilan birgalikda yoki uning o'rniga qonuniy vakili ishtirok etadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.