Jinoyat-protsessual kodeksi

538-modda. Mahkumni tergov hibsxonasida saqlab turish

(538-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2011 йил 29 сентябрдаги ЎРҚ-299-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2011 й., 40-сон, 410-модда)

Boshqa shaxs sodir etgan jinoyat haqidagi ish yuzasidan tergov harakatlari olib borish zarur bo'lganda jazoni ijro etish muassasasida jazoni o'tash sharti bilan ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilingan mahkum tergov hibsxonasiga Qoraqalpog'iston Respublikasi prokurorining, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlarining hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlarning roziligi bilan — uch oygacha muddatga, O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning o'rinbosarlarining roziligi bilan esa olti oygacha muddatga yoki ish sudda ko'rilishi munosabati bilan — sud ajrimiga ko'ra ish sudda ko'rib chiqiladigan vaqtga qadar ushlab turilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.