Jinoyat kodeksining 73 va 74-moddalarida nazarda tutilgan hollarda jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish va jazoning o'talmagan qismini yengilroq jazo bilan almashtirish jazoni ijro etish muassasasi ma'muriyatining taqdimnomasiga yoki mahkumning, uning himoyachisining iltimosnomasiga binoan sudya tomonidan qo'llaniladi.
Intizomiy qismda jazoni o'tayotganlarga nisbatan ana shu choralar intizomiy qism qo'mondonligining taqdimnomasiga yoki mahkumning, uning himoyachisining iltimosnomasiga binoan sudya tomonidan qo'llaniladi.
Jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish va jazoning o'talmagan qismini yengilroq jazo bilan almashtirish o'n sakkiz yoshga to'lmay jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan jazoni ijro etish muassasasi ma'muriyati va bolalar masalalari bo'yicha komissiyaning birgalikdagi taqdimnomasiga binoan yoxud mahkumning, uning himoyachisining iltimosnomasiga asosan sudya tomonidan qo'llaniladi.
Muayyan huquqdan mahrum etish tarzidagi jazodan ozod qilish jamoat birlashmasi, jamoa, mahkumning o'zi yoki uning himoyachisining iltimosnomasiga binoan sudya tomonidan amalga oshiriladi.
Ushbu masalalar to'g'risidagi taqdimnomalar yoki iltimosnomalar ularni rad etish to'g'risida qaror chiqqan kundan boshlab kamida olti oy o'tgach, qayta ko'rib chiqilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
536-modda. Jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish va jazoni yengilrog'i bilan almashtirish tartibi
(536-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 11 апрелдаги ЎРҚ-829-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.04.2023 й., 03/23/829/0208-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.