Birinchi instantsiya sudining ajrimi shu ajrim ustidan apellyatsiya tartibida xususiy shikoyat berish va xususiy protest bildirish muddati o'tishi bilan yoxud shikoyat yoki protest bildirilgan taqdirda ish apellyatsiya instantsiyasi sudida ko'rib chiqilganidan keyin qonuniy kuchga kiradi va ijro etiladi.
Sudning apellyatsiya tartibida shikoyat berilishi, protest bildirilishi mumkin bo'lmagan ajrimi shu ajrim chiqarilishi bilanoq darhol kuchga kiradi va ijro etiladi.
Jinoyat ishini tugatish haqidagi sud ajrimining ayblanuvchini yoki sudlanuvchini qamoqdan yoki uy qamog'idan ozod qilishga oid qismi darhol ijro etilishi lozim.
Apellyatsiya va kassatsiya instantsiyasi sudlarining ajrimi e'lon qilingan paytdan e'tiboran qonuniy kuchga kiradi.
Apellyatsiya va kassatsiya instantsiyasi sudining ajrimi ushbu Kodeks 497³¹-moddasining sakkizinchi va to'qqizinchi qismlarida nazarda tutilgan qoidalarga ko'ra ijro ettiriladi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
530-modda. Sud ajrimining qonuniy kuchga kirishi va uni ijro etish
(530-модда Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 12 январдаги ЎРҚ-664-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 13.01.2021 й., 03/21/664/0014-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.