Mahkumning foydasini ko'zlab, ayblov hukmini yangi ochilgan holatlar tufayli qayta ko'rib chiqish hech qanday muddatlar bilan chegaralanmaydi.
Mahkumning o'limi uni reabilitatsiya qilish maqsadida ish yuritishni yangi ochilgan holatlar tufayli qaytadan boshlash uchun monelik qilmaydi.
Oqlov hukmini yoki ishni tugatish haqidagi sud ajrimini yoki ayblov hukmini jazoning yengilligi yoki og'irroq jinoyatga doir qonunni qo'llash zarurligi munosabati bilan qayta ko'rishga faqat Jinoyat kodeksining 64-moddasida belgilangan javobgarlikka tortishning o'tish muddatlari davomida va yangi holatlar ochilgan kundan e'tiboran bir yildan kechiktirilmagan holda yo'l qo'yiladi.
Yangi ochilgan holatlar ochilgan kun quyidagicha hisoblanadi:
1) ushbu Kodeks 522-moddasi uchinchi qismining 1 — 3-bandlarida nazarda tutilgan hollarda — soxta dalillar taqdim etganlikda, bila turib noto'g'ri tarjima qilganlikda yoki ish bo'yicha tergov yuritishda yoxud ishni sudda ko'rishda jinoiy suiiste'mol sodir etganlikda aybli shaxslarga nisbatan chiqarilgan hukm qonuniy kuchga kirgan kun;
2) ushbu Kodeks 522-moddasi uchinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan hollarda — yangi ochilgan holatlar munosabati bilan ish yuritishni qaytadan boshlash to'g'risida sudga prokuror tomonidan protest yoki ushbu Kodeks 524-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan shaxslar tomonidan iltimosnoma kiritilgan kun.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
523-modda. Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash muddatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.