Jinoyat-protsessual kodeksi

521²-modda. Ishni Qoraqalpog'iston Respublikasi sudida, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarida, O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudida taftish tartibida ko'rishda taraflarning sud majlisida ishtirok etishi

Jinoyat ishini taftish tartibida sud majlisida ko'rishda quyidagilar ishtirok etishi shart: 1) tegishincha O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar prokurori, O'zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori va ularga tenglashtirilgan prokurorlar, ularning o'rinbosarlari yoki ular tomonidan vakolat berilgan prokuror; 2) himoyachi — ushbu Kodeksning 51 va 52-moddalarida ko'rsatilgan hollarda. Mahkum, oqlangan shaxs, ularning himoyachilari va qonuniy vakillari, jabrlanuvchi, fuqaroviy da'vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari ishni taftish tartibida ko'rishda ishtirok etishga haqli. Jazoni ijro etish muassasasida bo'lgan yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni o'tayotgan mahkumning ishtirok etishi zarurligi to'g'risidagi masala sud tomonidan hal etiladi. Mazkur shaxslar sud majlisida bevosita yoxud videokonferentsaloqa tizimidan foydalanish orqali ishtirok etishi mumkin. Taftish tartibida ko'rilayotgan ish bo'yicha sud majlisining joyi, sanasi va vaqti to'g'risida o'z vaqtida xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi ishni ko'rishga monelik qilmaydi, bundan sud majlisida ishtirok etishi shart bo'lgan shaxslar mustasno.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.