Jinoyat-protsessual kodeksi

521¹⁴-modda. Jinoyat ishini O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'atida taftish tartibida ko'rib chiqish uchun tayyorlash

Jinoyat ishi O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining ajrimi shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) bilan birga kelib tushganidan keyin O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'ati taftish tartibida shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) berilganligi to'g'risida mahkumni, oqlangan shaxsni, uning himoyachisini, qonuniy vakilini, prokurorni, jabrlanuvchini, uning vakilini, shuningdek fuqaroviy da'vogarni, fuqaroviy javobgarni, ularning vakillarini, agar shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) ularning manfaatlariga daxldor bo'lsa, ishni ko'rib chiqish boshlanishidan kamida uch sutka oldin xabardor qiladi. Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan shaxslarga shikoyatning, protestning (xususiy shikoyatning, xususiy protestning) ko'chirma nusxasi yuboriladi yoxud taftish instantsiyasi sudining internet-resursi orqali ularning elektron nusxalari bilan tanishish mumkinligi to'g'risida xabar qilinadi. Bunda taraflarga ularning shikoyatga, protestga (xususiy shikoyatga, xususiy protestga) doir o'z e'tirozlarini yozma shaklda yoxud elektron hujjat tarzida taqdim etish huquqi, e'tirozlarni taqdim etish muddati ko'rsatilgan holda, tushuntiriladi. Shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) yuzasidan kelib tushgan e'tirozlar jinoyat ishi materiallariga qo'shib qo'yiladi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan talablar bajarilganidan keyin mahkum, oqlangan shaxs, uning himoyachisi, qonuniy vakili, prokuror, jabrlanuvchi, uning vakili, shuningdek fuqaroviy da'vogar, fuqaroviy javobgar, ularning vakillari, agar shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) ularning manfaatlariga daxldor bo'lsa, ish taftish tartibida ko'riladigan vaqt haqida ishni ko'rib chiqish boshlanishidan kamida uch sutka oldin xabardor qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.