Jinoyat-protsessual kodeksi

519-modda. Taftish tartibida berilgan shikoyatni, protestni (xususiy shikoyatni, xususiy protestni) o'zgartirish va unga qo'shimcha kiritish

Taftish tartibida shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) bergan shaxs jinoyat ishini taftish tartibida sud majlisida ko'rish boshlanguniga qadar uni o'zgartirishga yoki yangi vajlar bilan to'ldirishga haqli. Taftish tartibidagi protestga (xususiy protestga), jabrlanuvchining yoki uning vakilining taftish tartibidagi shikoyatiga (xususiy shikoyatiga) mahkumning ahvolini og'irlashtirishga qaratilgan o'zgartirish va qo'shimchalar kiritishga, agar bunday talab taftish tartibida berilgan dastlabki shikoyatda, protestda (xususiy shikoyatda, xususiy protestda) ko'rsatilmagan bo'lsa, yo'l qo'yilmaydi. Taftish tartibidagi shikoyat (xususiy shikoyat) berilganidan keyin jinoyat ishini yuritishga kirishgan himoyachi shikoyatni (xususiy shikoyatni) o'zgartirishi yoki yangi vajlar bilan to'ldirishi, ilgari ishda ishtirok etgan himoyachi tomonidan berilgan shikoyat (xususiy shikoyat) vajlarining qo'shimcha asoslarini taqdim etishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.