O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpog'iston Respublikasi prokurori, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari, O'zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori va ularga tenglashtirilgan prokurorlar, shuningdek ularning o'rinbosarlari jinoyat ishlari bo'yicha tuman (shahar) sudining, hududiy harbiy sudlarning apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko'rib chiqilgan hukmlari, ajrimlari ustidan Qoraqalpog'iston Respublikasi sudiga, viloyatlar, Toshkent shahar sudlariga, O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudiga taftish tartibida protest bildirishga haqlidir.
O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning o'rinbosarlari jinoyat ishlari bo'yicha tuman (shahar) sudining, hududiy harbiy sudlarning apellyatsiya yoki kassatsiya, taftish tartibida ko'rib chiqilgan hukmlari, ajrimlari, shuningdek tuman (shahar) sudlari, hududiy harbiy sudlar tomonidan ko'rilgan ishlar bo'yicha chiqarilgan apellyatsiya yoki kassatsiya, taftish instantsiyasi sudlarining hukmlari va ajrimlari ustidan — O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'atiga taftish tartibida protest bildirishga haqlidir.
O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning o'rinbosarlari O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpog'iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan birinchi instantsiya bo'yicha chiqarilgan hukmlar, ajrimlar hamda ular bo'yicha apellyatsiya yoki kassatsiya instantsiyasining chiqarilgan hukmlari, ajrimlari ustidan — O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'atiga taftish tartibida protest bildirishga haqlidir.
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, Bosh prokurori O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'atining taftish tartibida ko'rib chiqilgan ishlar bo'yicha sud qarorlari ustidan O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga taftish tartibida protest bildirishga haqlidir.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
512-modda. Hukmlar, ajrimlar ustidan taftish tartibida protest bildirish huquqiga ega bo'lgan shaxslar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.