Jinoyat-protsessual kodeksi

509⁵-modda. Kassatsiya instantsiyasi sudining majlisini tayinlash va tayyorlash

(509⁵-модда Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 27 сентябрдаги ЎРҚ-869-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.09.2023 й., 03/23/869/0730-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)

Sudya kassatsiya shikoyati (protesti) bilan birga kelib tushgan jinoyat ishini o'rganib, sud majlisini tayinlash to'g'risida yetti sutkadan kechiktirmay ajrim chiqaradi, unda quyidagi masalalarni hal etadi: 1) jinoyat ishini ko'rib chiqish joyi, sanasi va boshlanish vaqti to'g'risidagi; 2) sud majlisiga taraflarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini chaqirish haqidagi; 3) ushbu Kodeksning 19-moddasida nazarda tutilgan hollarda jinoyat ishini yopiq sud majlisida ko'rish to'g'risidagi; 4) ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o'tayotgan mahkumning sud majlisida ishtirok etishi haqidagi. Ajrim chiqarilgan kundan e'tiboran uch sutka ichida jinoyat protsessi ishtirokchilariga sud majlisining joyi, sanasi va boshlanish vaqti tayinlanganligi to'g'risida xabar yuboriladi. Agar jinoyat ishini o'rganish chog'ida birinchi instantsiya sudi tomonidan ushbu Kodeks 503-moddasi ikkinchi qismining talabi bajarilmaganligi aniqlansa, sudya ishni kassatsiya tartibida ko'rib chiqishga monelik qiluvchi holatlarni bartaraf etish uchun ishni shu sudga qaytaradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.