Jinoyat-protsessual kodeksi

504¹-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarib olish

Hukm, ajrim ustidan kassatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxs uni qaytarib olishga haqlidir. Yuqori turuvchi prokuror ham protestni qaytarib olish huquqiga ega. Mahkum o'z himoyachisining shikoyatini qaytarib olishga haqli. Mahkumning himoyachisi, qonuniy vakili o'z shikoyatini faqat mahkumning roziligi bilan qaytarib olishga haqli. Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarib olishga kassatsiya instantsiyasi sudi maslahatxonaga kirguniga qadar yo'l qo'yiladi. Shikoyat yoki protest, shuningdek uni qaytarib olish to'g'risidagi hujjat ishda qoldiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.