Kassatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxs kassatsiya instantsiyasi sudining majlisi boshlanguniga qadar uni o'zgartirishga yoxud yangi vajlar bilan to'ldirishga haqli.
Kassatsiya protestini o'zgartirish yoki unga qo'shimcha kiritish, jabrlanuvchining yoxud uning vakilining kassatsiya shikoyatini o'zgartirish yoki unga qo'shimcha kiritish chog'ida mahkumning ahvolini og'irlashtirish to'g'risidagi masala, agar bunday talab dastlabki kassatsiya shikoyatida, protestida ko'rsatilmagan bo'lsa, qo'yilishi mumkin emas.
Kassatsiya shikoyati berilganidan keyin jinoyat ishini yuritishga kirishgan himoyachi shikoyatni o'zgartirishi yoxud yangi vajlar bilan to'ldirishi, ilgari ishda ishtirok etgan himoyachi tomonidan berilgan shikoyat vajlariga qo'shimcha asoslar taqdim etishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
504-modda. Kassatsiya shikoyatini, protestini o'zgartirish va unga qo'shimcha kiritish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.