Jinoyat-protsessual kodeksi

497⁹-modda. Apellyatsiya shikoyatiga, protestiga o'zgartish va qo'shimcha kiritish

Apellyatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxs apellyatsiya instantsiyasi sudining majlisi boshlanguniga qadar uni o'zgartirishga yoki yangi vajlar bilan to'ldirishga haqli. Hukm ustidan shikoyat (protest) berish muddati o'tganidan keyin berilgan apellyatsiya protestiga, jabrlanuvchining yoki uning vakilining apellyatsiya shikoyatiga o'zgartirish yoki qo'shimcha kiritishda mahkumning ahvolini og'irlashtirish to'g'risida masala, agar bunday talab dastlabki shikoyatda, protestda mavjud bo'lmasa, qo'yilishi mumkin emas. Hukm ustidan shikoyat qilish muddati o'tganidan keyin ishga kirishgan himoyachi apellyatsiya shikoyatini o'zgartirishi yoki uni yangi vajlar bilan to'ldirishi, ilgari ishda ishtirok etgan himoyachi tomonidan berilgan shikoyat vajlariga qo'shimcha asoslar taqdim etishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.