Jinoyat-protsessual kodeksi

497⁶-modda. Apellyatsiya shikoyati, protesti berilganligi to'g'risida xabar berish

Hukm chiqargan sud apellyatsiya shikoyati, protesti berilganligi to'g'risida mahkumni, oqlangan shaxsni, ularning himoyachilarini, qonuniy vakilini, jabrlanuvchini, uning vakilini, shuningdek fuqaroviy da'vogarni, fuqaroviy javobgarni, ularning vakillarini agar shikoyat, protest ularning manfaatlariga daxldor bo'lsa, xabardor qiladi. Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan shaxslarga shikoyatning, protestning ko'chirma nusxalari yoxud hukm chiqargan sudning internet-resursi orqali ularning elektron nusxalari bilan tanishish mumkinligi to'g'risida xabarnoma yuboriladi. Bunda taraflarga shikoyat, protest yuzasidan o'z e'tirozlarini yozma shaklda yoxud elektron hujjat tarzida berish huquqi ularni taqdim etish muddati ko'rsatilgan holda tushuntiriladi. Shikoyat, protest ustidan kelib tushgan e'tirozlar ishga qo'shib qo'yiladi. Taraflar apellyatsiya shikoyatiga, protestiga doir e'tiroz bilan birga alohida holda yangi materiallarni taqdim etishga yoxud ularni talab qilib olish va tekshirish, shuningdek o'zlari ko'rsatgan jabrlanuvchilarni, guvohlarni, ekspertlarni, mutaxassislarni sudga chaqirish va so'roq qilish haqida iltimosnoma berishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.