Jinoyat-protsessual kodeksi

497³¹-modda. Apellyatsiya instantsiyasi sudining hukmi va ajrimi

(497³¹-модда олтинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 27 сентябрдаги ЎРҚ-869-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.09.2023 й., 03/23/869/0730-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)

Apellyatsiya instantsiyasi sudining hukmi ushbu Kodeksning 454 — 477-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya etilgan holda O'zbekiston Respublikasi nomidan chiqariladi. Apellyatsiya instantsiyasi sudining ajrimida quyidagilar ko'rsatilgan bo'lishi kerak: 1) sud ishining raqami, ajrim chiqarilgan sana va joy; 2) sudning nomi va tarkibi, ishni ko'rishda ishtirok etgan prokuror va boshqa shaxslar; 3) apellyatsiya shikoyati yoki protesti bergan shaxs; 4) birinchi instantsiya sudining shikoyat yoki protest berilgan hukmining qaror qismi mazmuni; 5) shikoyatning, protestning, ishda ishtirok etayotgan shaxslar e'tirozlari va tushuntirishlarining mohiyati, shuningdek prokurorning fikri; 6) shikoyat, protest bo'yicha apellyatsiya instantsiyasi sudining qarori. Shikoyat, protest qanoatlantirilmay qoldirilganda apellyatsiya instantsiyasi sudining ajrimida hukm qonuniy, asosli va adolatli deb, birinchi instantsiya sudining ajrimi qonuniy hamda asosli deb topilganligining, shikoyat yoki protest esa qanoatlantirilmasdan qoldirilganligining asoslari ko'rsatilishi kerak. Hukm, ajrim bekor qilingan yoki o'zgartirilgan taqdirda, apellyatsiya instantsiyasi sudining ajrimida qonunning qaysi normalari talablari buzilganligi va bekor qilinayotgan yoki o'zgartirilayotgan qarorning asossizligi nimadan iborat ekanligi ko'rsatilishi kerak. Apellyatsiya instantsiyasi sudi qaror qabul qilish chog'ida birinchi instantsiya sudi tomonidan tekshirilgan dalillar va apellyatsiya instantsiyasi sudi tomonidan tekshirilgan yangi dalillarga asoslanishi mumkin. Apellyatsiya instantsiyasi sudining ajrimi sudning butun tarkibi tomonidan imzolanadi. Ovoz berish chog'ida ozchilik tarafda qolgan sudya ajrimni imzolab, o'zining alohida fikrini yozma shaklda bayon etishga haqli. Apellyatsiya instantsiyasi sudining hukmi, ajrimi sud majlisi zalida o'qib eshittiriladi va darhol qonuniy kuchga kiradi. Apellyatsiya instantsiyasi sudining hukmi, ajrimi uni chiqargan sudga yoki boshqa sudga chiqarilgan kundan e'tiboran besh sutkadan kechiktirmay jinoyat ishi bilan birga ijro etish uchun yuboriladi. Mahkumni darhol qamoqdan yoki uy qamog'idan ozod etish uchun asos bo'ladigan hukm, ajrim, agar mahkum sud majlisida ishtirok etayotgan bo'lsa, sud zalida ijro etilishi lozim. Boshqa hollarda hukmning, ajrimning ko'chirma nusxasi hukm, ajrim chiqarilganidan keyin apellyatsiya instantsiyasi tomonidan jazoni ijro etish muassasasining ma'muriyatiga yoki mahkumning yashash joyidagi uy qamog'ini ijro etish o'z zimmasiga yuklatilgan ichki ishlar organiga yigirma to'rt soatdan kechiktirmay yuboriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.